Tailandda Osiyo velosport konfederasiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi.
Qit’aning barcha davlatlaridan delegatlar, milliy velosport federasiyalari mutasaddilari ishtirok etgan kongress davomida mazkur sport turi bo‘yicha o‘tgan 2024 yil davomidagi tadbirlar, musobaqalar tahlil qilindi. 2025 yilgi sport taqvim rejasi tasdiqlandi.
Kongressda Osiyo velosport konfederasiyasining ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga yangi nomzodlar saylandi.
Delegatlarning taklifi va ovoz berishi natijasida O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev Osiyo velosport konfederasiyasi bosh kotibi vazifasiga saylandi.