Prezidentning qaroriga ko‘ra, Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, uning negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.
Bu o‘zgarishlar maqsadi – professional kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, hamshiralik va tibbiyot sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini joriy qilish va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifatini oshirishdir.