Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hammasi jiddiy: Putin klub, bar va kinoteatrlarni yopishni buyurdi

A A A
Hammasi jiddiy: Putin klub, bar va kinoteatrlarni yopishni buyurdi

Rossiya hukumati koronavirus tufayli tungi klublar, kinoteatrlar va ko‘ngilochar markazlarni yopishni buyurdi. Tegishli hujjat Davlat dumasining saytida e’lon qilindi.

Ko‘rsatmada tungi klublar va boshqa shunga o‘xshash muassasalar, kinoteatrlar, bolalar o‘yin xonalari, ko‘ngilochar markazlar va boshqa dam olish maskanlari faoliyatini to‘xtatish zarurligi aytilgan.

Bundan tashqari, hukumat restoranlarda, barlarda, kafelarda va shunga o‘xshash boshqa muassasalarda chekishni taqiqlashni buyurdi.

Ko‘rsatmalar Rossiyada koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab yig‘ilishidan keyin berilgan.

Kiritildi: 20:49 24.03.2020. O'qildi: 3247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!