Novorossiyskdagi yoqilg‘i terminalida kechasi dron hujumi natijasida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirilmoqda.
Bu haqda Krasnodar o‘lkasi operasion shtabi xabar berdi.
"Terminalning yuklash maydonchasidagi yong‘in 120 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Yong‘inni o‘chirish uchun 25 kishi va to‘qqizta texnika, jumladan, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha Bosh boshqarmasi xodimlari jalb qilindi", deyiladi bayonotda.