Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Hamma ma’lumot menda»: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vebsayti xaker hujumiga uchradi

«Hamma ma’lumot menda»: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vebsayti xaker hujumiga uchradi

24 iyul kuni soat 20.00 holatiga ko‘ra, sayt manzili orqali bosh sahifaga tashrif buyurilganda, faqat «Konkursga o‘tish» yozuvi va unga biriktirilgan havola faol ko‘rsatilgan.

 

«Konkursga o‘tish» yozuviga biriktirilgan havola orqali keyinga sahifaga o‘tilganda xaker(lar) tomonidan qoldirilgan murojaat kelib chiqadi. 

«Axborot xavfsizligi qani, akalar? Bizning nomzodni o‘tkazmagan, voy meni akaxonlarim! yaxshiginabola@gmail.com», - deya murojaat qoldirgan xaker.

Shuningdek, sayt manzili ma’lumotnomasida «hamma ma’lumot menda» degan xabar ham qoldirilgan. Ammo yozuv muallifi qanday ma’lumotlarni qo‘lga kiritganiga aniqlik kiritmagan.

«Hamma ma’lumot menda»: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga tegishli vebsayti xaker hujumiga uchradi

Shu paytga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy saytini ishdan chiqargan xaker biror talabnoma yo shartini bildirmagan.

 

Agentlik rasmiy vakilining ma’lum qilishicha, sayt bilan yuz bergan muammolar tez orada bartaraf etiladi.

Kiritildi: 11:07 25.07.2020. O'qildi: 5988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!