G‘azo bo‘yicha tuzilgan Tinchlik kengashi HAMAS harakati va “G‘azodagi boshqa barcha qurolli guruhlar”ni to‘liq qurolsizlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Tramp ushbu “tarixiy kelishuv”ni Falastinning yangi hukumati G‘azoni boshqarishi yo‘lidagi “muhim qadam” deb atadi. U mazkur hukumat Falastin xalqiga yordam berish uchun Tinchlik kengashi bilan “yaqin hamkorlik qilishi”ni aytdi.
"Isroil esa o‘zi munosib bo‘lgan xavfsizlikka ega bo‘ladi va G‘azo bundan buyon terroristik hujumlar uchun baza sifatida foydalanilmaydi", — deb yozdi Tramp.
Tramp qurolsizlantirish yakunlangach, Isroil kuchlari sektordan olib chiqilishini aytdi. Ularning o‘rnini “Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari” egallaydi va Falastinning yangi polisiya kuchlari bilan birga G‘azo xavfsizligi uchun mas’ul bo‘ladi. AQSh vositachilik uchun Misr, Qatar va Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.