Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"HAMAS so‘nggi isroillikning jasadini topishga yordam berdi, endi guruh qurolsizlanishi kerak"

"HAMAS so‘nggi isroillikning jasadini topishga yordam berdi, endi guruh qurolsizlanishi kerak"

AQSh prezidenti Donald Tramp Axios'ga bergan intervyusida Hamas Isroilda qolgan so‘nggi garovga olingan shaxsning qoldiqlarini topishga yordam berganini aytdi. U endi guruhni qurolsizlantirish bo‘yicha bergan va’dasini bajarishga chaqirdi.

"Hech kim barcha garovga olinganlarni qaytarib kelamiz, deb ishonmagan edi. Bu buyuk lahza bo‘ldi. Endi biz Hamasni ular va’da qilganidek qurolsizlantirishimiz kerak", — deya ta’kidladi Tramp.

Isroillik polisiyachi Ran Gvilining jasadi topilishi bilan barcha garovga olinganlar — tirik va halok bo‘lganlar G‘azodan qaytarildi. Uning jasadi qaytarilishi Trampning tinchlik bitimi uchun muhim burilish nuqtasi hisoblanadi.

Shu bilan birga, Isroil G‘azo va Misr o‘rtasidagi Rafah o‘tish punkti shu hafta oxirigacha cheklangan tartibda qayta ochilishini ma’lum qildi.

Rafah o‘tish punktining ochilishi va Gvilining jasadi qaytarilishi Tramp bitimining birinchi bosqichida qolgan so‘nggi yirik to‘siqlar edi. Endi e’tibor to‘liq ikkinchi bosqichga qaratilishi mumkin. U G‘azoni demilitarizasiya qilish, yangi hukumat va xavfsizlik kuchlarini joriy etishni nazarda tutadi.

Ammo HAMAS tinch yo‘l bilan qurolsizlanishi, shuningdek Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu vazminlik ko‘rsatib, jarayonning davom etishiga yo‘l qo‘yishiga nisbatan jiddiy shubhalar mavjud.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!