Falastinning HAMAS harakati 2001 yil 11 sentabrda AQShda sodir etilgan teraktlar ssenariysini Isroilda takrorlashni rejalashtirgan.
Bu haqda Washington Post nashri Isroil harbiylari qo‘lga olgan hujjatlarga tayanib yozmoqda.
Qayd etilishicha, Tel-Avivdagi 70 qavatli osmono‘par bino, shuningdek, uchta osmono‘par bino, kinoteatr, savdo markazi va temir yo‘l vokzalidan iborat Azrieli Center majmuasi nishon sifatida ko‘rilgan.
Ta’kidlanishicha, hujum 2023 yil 7-oktabrdagi hujumdan oldin ham tayyorlanayotgan edi.
Hujjatlarning haqiqiyligini to‘liq aniqlash mumkin emasligi ta’kidlangan.