Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

HAMAS 30 yanvar kuni sakkiz nafar asirni ozod qiladi

HAMAS 30 yanvar kuni sakkiz nafar asirni ozod qiladi

Bu haqda The Times of Israel xabar bermoqda.

"Bugun ozod etiladiganlardan uch nafari Isroil fuqarosi, besh nafari Tailand fuqarosi. HAMAS tinch aholi vakili Arbel Yehud, askar Agam Berger va yana bir garovdagi shaxsni qo‘yib yuborishga va’da bergan. Tailand fuqarolarining shaxsi oshkor etilmagan", deyiladi xabarda.

Isroil hukumati ozod qilinadigan asirlar ro‘yxatini olganini tasdiqladi.

HAMAS harakati asirlar ishlari bo‘yicha idorasining ma’lum qilishicha, bugungi almashinuv doirasida Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni, jumladan 30 nafar voyaga yetmagan shaxsni ozod qiladi.

Kiritildi: 10:21 30.01.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!