Turkiya bu borada rasmiy ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xoqon Fidan Suriyaning o‘tish davri hukumatidagi tashqi ishlar vaziri Asaad Hasan al-Shiboniy boshchiligidagi yangi ma’muriyati delegasiyasi bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
"Yaqin soatlarda bu borada rasmiy e’lonlar olishni kutmoqdamiz. Turkiya sifatida bu yo‘nalishdagi har qanday qadamni qo‘llab-quvvatlaymiz, bu mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash uchun muhim", - dedi turk vaziri.
Fidan, Anqara 1967 yildagi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlatini barpo etish bilan Falastin masalasini ikki davlat asosida hal qilish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirishini qo‘shimcha qildi.