Bugun 18 avgust, 2022 yil, payshanba

КИР

Haj ziyoratida yurgan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov qoraqalpoq xalqiga murojaat yo‘lladi

Haj ziyoratida yurgan Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov qoraqalpoq xalqiga murojaat yo‘lladi

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonida muborak Haj ziyoratida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaat qilib, ularni har xil fitnachi va provakatorlarning nayranglariga aldanib qolmaslikka chaqirdi. U bu haqda o‘zining Instagram'dagi sahifasida aytib o‘tgan.

"Provokator va fitnachilarning gapiga kirib, yomon va g‘arazli niyatlarga aralashib qolmanglar. Yurtimizning tinchligi va ikki xalqning o‘rtasidagi totuvlik abadiy bo‘lsin” degan bokschi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi Alisher Avezovga muxlislik qilib, boks sport turini tanlaganini ham ta’kidlagan.

Xo‘jayli tumanida yashovchi Alisher Avezovga muxlislik qilib, boksga kirib kelganman. U kishi 1994 yilda Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. Endilikda ular Qoraqalpog‘istondan ko‘plab Jahon va Olimpiada chempionlarini chiqarishni maqsad qilgan. Nasib etsa, qoraqalpoq xalqidan ham jahon chempionlari chiqadi. Yurtboshimiz sportchilarga ulkan sharoitlar yaratib bermoqda. Biz bundan unumli foydalanishimiz kerak. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo‘lsin”, degan Olimpiada chempioni.

Kiritildi: 07:35 06.07.2022. O'qildi: 3601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!