Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

A A A
Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

“Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-443-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

🗓 2025/2026 o‘quv yilidan:

🔹sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;

🔹sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi;

🔹har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;

🔹ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini o‘tkazib borishga mas’ul hisoblanadi.

✅ 2025/2026 o‘quv yilidan hududlardagi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyati quyidagi yangicha tartibda tashkil qilinadi:

➖sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari tashkil qilinadi;

➖mahorat maktablari faoliyati sport turlari bo‘yicha iqtidorli yosh sportchilarni saralab olish va ularni terma jamoalarga asosiy nomzod sifatida tayyorlashga yo‘naltiriladi hamda alohida sport turlariga ixtisoslashtiriladi;

➖mahorat maktablari o‘quvchi-sportchilarining umumiy kontingenti jami 150 nafardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 7–11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi;

➖mahorat maktablari o‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi;

➖mahorat maktablarida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.

Kiritildi: 19:02 18.12.2024. O'qildi: 1371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!