Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Habib JCh pley-offida kutilmagan natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan to‘rtta terma jamoa nomini aytdi

Habib JCh pley-offida kutilmagan natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan to‘rtta terma jamoa nomini aytdi

UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov futbol bo‘yicha jahon chempionatining pley-off bosqichidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

«Yaponiya, Kolumbiya, Senegal, Marokash — bu jamoalar juda qattiq hayron qoldirishlari mumkin. Men muxlislik qiladigan ikki jamoa — Niderlandiya va Marokashning o‘zaro to‘qnash kelib qolgani achinarli bo‘ldi.

Shuningdek, Argentina — Kolumbiya uchrashuvini juda intizorlik bilan kutyapman. Albatta, agar ular o‘z raqiblaridan o‘ta olishsa. Saralashda kolumbiyaliklar o‘z uylarida ularni mag‘lub etishgan, safarda esa durang o‘ynashgandi. Shunichaki, hayolimga kelgan fikrlar.

Braziliya — Yaponiya va Kot-d’Ivuar — Norvegiya — men uchun eng teng kuchli va qiziqarli to‘rtlik. Har qanday terma jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkin», — deb yozdi Habib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining 1/16 final bosqichi bugun JAR — Kanada uchrashuvi bilan start oladi.

Kiritildi: 23:39 28.06.2026. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!