Le Monde xabar berishicha, Konakri shahri atrofida uzoq davom etgan kuchli yomg‘irlar sabab ulkan chiqindixona qimirlab ketgan. Chiqindilar oqimi turar joylar ustiga qulab, o‘nlab odamlarni bosib qolgan. Yana 22 kishi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, hokimiyat avvalroq aholini evakuasiya qilish va ushbu hududda ko‘chki xavfi mavjudligidan ogohlantirgan.