«Barselona» Xosep Gvardiolaning bosh murabbiy sifatida sensasion tarzda jamoaga qaytishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda PITCH PULSE nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agar Xans-Diter Flik kelasi mavsumda «ko‘k-anorranglilar» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmasa, Kataloniya klubi ispaniyalik mutaxassisni taklif qilishga tayyor. Gvardiola va «Barselona» o‘rtasida prinsipial kelishuvga erishib bo‘lingan. Xosep murabbiylik faoliyatiga qaytishdan oldin bir yil kutishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2008 yildan 2012 yilgacha «Barselona»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa jami 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan edi.