"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolandning kelajakda Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish imkoniyatini baholadi.
"Napoli"ga qarshi o‘yinda norvegiyalik hujumchi turnirdagi 50-golini urdi va bu ko‘rsatkichga rekord darajada tez erishdi - atigi 49 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar 140 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu bo‘lib qolmoqda va Gvardioladan Xolandning portugaliyalikni ortda qoldirishga qodirligi haqida so‘rashdi.
"Bunday ritmda - ha. Erlingni oldinda yana 10-12 yil yuqori darajadagi mavsum kutmoqda", - deya javob berdi ispaniyalik murabbiy.
Ayni vaqtda 25 yoshli Xolann Tyerri Anri bilan to‘qqizinchi pog‘onani bo‘lishib turibdi.