Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola Rodrigo bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda

Gvardiola Rodrigo bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda

Pep Gvardiola Rodrigoni "Manchester Siti"da ko‘rmoqchi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi braziliyalik vingerning ashaddiy muxlisi va u bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda. "Manchester Siti" avvalroq xabar qilinganidek, "Tottenxem" qiziqayotgan Savio ketgan taqdirda Rodrigoni sotib olish masalasini jiddiy o‘ylamoqda.

Oldinroq "Real" Rodrigo uchun taxminan 100 million yevro so‘ragani ma’lum bo‘lgandi.

O‘tgan mavsumda Rodrigo La Ligada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:51 12.08.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!