Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozgi transferlar davrida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik xavbek xizmatiga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi xavbekni o‘z safiga qo‘shib olishni talab qilmoqda. Eduardoning transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda. 22 yoshli yarim himoyachining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Kamavinga Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida 19 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi bitta gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.