Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola qachon murabbiylikdan dam olishni rejalashtirayotganini aytdi

Gvardiola qachon murabbiylikdan dam olishni rejalashtirayotganini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtiryapsizmi, degan savolga javob berdi.

"2035 yilda men bu haqda o‘ylashni boshlayman," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Biz endi ishning boshida bo‘lgan odamlar emasmiz va buning ko‘plab sabablari bor. Klub rahbariyati bilan juda yaqin munosabatdaman. Ko‘p odamlar, shu jumladan mening yordamchilarim ham allaqachon ketishganini bilasiz. Har kimning o‘z didi va xohishi bor. Hozir shu yerdaman, qarshingizdaman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz," - dedi Gvardiola.

Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ga 2016 yilning yozidan buyon ustozlik qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar imzolangan.

Kiritildi: 10:01 18.10.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!