Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Gvardiola nega "Barsa"ga qaytmoqchi emasligi ma’lum bo‘ldi

Gvardiola nega "Barsa"ga qaytmoqchi emasligi ma’lum bo‘ldi

Gvardiolaning sobiq yordamchisi Pepning "Barselona"ga qaytishni istamayotgani haqida gapirdi.

"Bu uning qarori, u javob berishi kerak, lekin ishonchim komilki, bunga sabab uning "Siti"da juda ko‘p yillar o‘tkazgani. Bizga xuddi oiladagidek munosabatda bo‘lishdi, xuddi uyda ishlayotgandek ishlashga ruxsat berishdi.

Pep "Barselona"da ham, "Bavariya"da ham bunday munosabatni his qilmagandi.

Qarorni u qabul qiladi, lekin menimcha, har qanday loyiha besh yoki olti yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Nafaqat Pep bilan, balki boshqa har qanday odam bilan ham.

Do‘st sifatida men Pepga yangi loyiha izlashni aytgan bo‘lardim, chunki uning oldida hali uzoq yo‘l turibdi", - dedi Gvardiola murabbiylar shtabining sobiq a’zosi Karles Planshar Diario Sport nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:30 08.10.2025. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!