Italiyaning «Tuttosport» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Lionel Messini 6 oyga «Inter Mayami»dan ijaraga olmoqchi va uni salbiy natijalardan qutulish uchun eng to‘g‘ri yechim deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, Gvardiolaga to‘pga egalik qilishni va hujumlarni yakunlay oladigan futbolchi yetishmayapti va u jamoasiga Messiga o‘xshash futbolchi kerak deb hisoblaydi. Chunki u yaxshi driblingchi va raqib himoyasini parchalab tashashni yaxshi biladi.
Agar futbolchi rozi bo‘lsa, Bekxem uni ijaraga berishga qarshi emas.