Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning "Nottingem Forest"ga mag‘lubiyatiga qaramay, jamoasining himoyaviy o‘yinidan mamnunligini bildirdi.
Shanba kuni "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda Husanov va Gonsales asosiy tarkibda maydonga tushdi. Husanov yana bir bor raqibdan to‘pni olib qo‘yish va to‘siqlar qilib, Kallum Hadson-Odoi hamda Kris Vud kabi hujumchilarga qarshi ishonchli o‘yin namoyish qildi.
Natan Ake, Jon Stounz va Manuel Akanji kabi tajribali himoyachilar jarohati sabab o‘ynay olmagan holda, "Siti"ning markaziy himoyachisi sifatida Husanov va Ruben Diash juftligi ajoyib harakat qildi. Ular Gvardioladan alohida maqtovga sazovor bo‘ldi.
Pep Gvardiola o‘yin haqida shunday dedi:
"Juda yaxshi! Bizda boshqa o‘yinchilar yo‘q, lekin biz juda yaxshi o‘ynadik – Husa (Husanov) "Siti" kelganidan buyon juda yaxshi o‘ynamoqda, Ruben (Diash) ham ajoyib o‘ynadi".
"Nottingem Forest juda yaxshi himoyalandi va biz oxirgi paslarda aniqlikni topa olmadik. Biz juda oz imkoniyat berdik, himoyaviy jihatdan yaxshi o‘ynadik. O‘yin ritmi eng yuqori darajada emas edi, lekin o‘yin juda zich o‘tdi".