Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola Ispaniyaning Argentina ustidan qanday qilib g‘alaba qozonishi mumkinligini aytdi

Gvardiola Ispaniyaning Argentina ustidan qanday qilib g‘alaba qozonishi mumkinligini aytdi

«Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti» jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina ustidan qozonishi mumkin bo‘lgan g‘alabasi shartini aytib o‘tdi.

Uning fikricha, hal qiluvchi rolni «qizil furiya»ning yetakchi o‘yinchisi deya e’tirof etiladigan Rodrining holati o‘ynaydi.

«Hammasi yosh iqtidorlar va o‘yindan-o‘yinga ochilib borayotgan Rodriga bog‘liq. Agar u markazda Pedri bilan birgalikda o‘z o‘yinini o‘tkaza olsa va Lamin aniq hamda samarali harakat qilsa, Ispaniya farqni yarata oladi», — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Gvardiola As nashriga.

U, shuningdek, argentinaliklarning g‘alabasidan ham xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi, chunki ularning tarkibida u avval ishlagan va alohida qayg‘uradigan futbolchilar bor.

Jahon chempionatining final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:19 17.07.2026. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!