"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning bahsli debyutidan so‘ng o‘zini qanday his qilgani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik himoyachi "Chelsi"ga qarshi debyut uchrashuvining 3-daqiqasidayoq xatoga yo‘l qo‘ydi.
Uchrashuv 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi va u "shaharliklar"ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi - 3:1.
"Husanov bilan hammasi yaxshi! U qattiq mashq qildi. U juda ehtiyotkor, har doim diqqatni jamlaydi. Ha, hammasi yaxshi", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.