Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

G‘uzorda 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani xabar qilindi

G‘uzorda 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani xabar qilindi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani xabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Keltirilishicha, tumanda 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan vafot etgani, ayni paytda uning 6 yoshli oila a’zosi ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotgani, shifokorlar ularga tashxis qo‘ya olishmagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalgan.

Mazkur holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgan.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holatni o‘z nazoratiga olgan. O‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:20 23.06.2022. O'qildi: 4204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!