Bugun 18 oktyabr, 2019 yil, juma

КИР

Go‘zallik tanlovida qatnashayotgan Sabrina behayo kiyim kiyishdan bosh tortdi: hamma hayratda

Go‘zallik tanlovida qatnashayotgan Sabrina behayo kiyim kiyishdan bosh tortdi: hamma hayratda

Tojikistonlik Sabrina Zuxurova "Miss Tourism World" tanlovining bir necha bosqichlarida qatnashib, TOP-5 ga kirdi, ammo u ichki kiyimda raqsga tushishdan bosh tortdi. Shunday bo‘lsa-da, hanuzgacha tanlovning eng yaxshi 10 ishtirokchisi safida turibdi.

"Men ichki kiyimda yurmaslikka qaror qildim. Menga toj kerak emas, men uchun sharaf va g‘urur yanada qadrlidir. Bu jonli efir edi va "Miss Tojikiston" ichki kiyimda chiqishdan bosh tortgani e’lon qilingach, hamma hayron bo‘ldi, lekin men g‘ururlandim va hech narsadan afsuslanmadim", dedi Sabrina.

Sabrina, shuningdek, ich kiyimda raqsga tushishini bilmasligini va milliy raqs tayyorlayotganini qo‘shimcha qildi.

"Biz hay’at tarkibiga tabiiy shaklda — bo‘yanishsiz chiqishimiz kerak edi. Men tanlovning TOP-5 ga kirishga umid qilgandim. Keyin ular ich kiyimda raqsga tushishimiz kerakligini aytishdi, men esa rad javobini berdim», — dedi Sabrina.

"Miss Tourism World" tanlovi 20-avgustdan boshlab Xitoyda bo‘lib o‘tmoqda. Unda 90 mamlakatdan kelgan qizlar ishtirok etishadi. Musobaqa 10 oktyabr kuni tugaydi.

Sabrina ushbu tanlovga tasodifan etib kelgan, tashkilotchilar uni Instagramda ko‘rishdi va unga taklifnoma yuborishdi: qiz Tojikiston nomidan qatnashishga rozi bo‘ldi.

Qiz 1995 yilning 13 oktyabrida Tojikistonda tug‘ilganini aytdi. Tojikiston milliy universitetining iqtisodiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. U "Oriyenbank"da ishlaydi. Aynan shu bank qizning musobaqadagi chiqishlarini moliyalashtirgan.

Sabrina ilgari bunday musobaqalarda ishtirok etgan. Masalan, shu yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Miss Union» tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. 2018 yilda Armanistondagi "MDHning eng yaxshi modeli" tanlovida ham qatnashgan.

Kiritildi: 12:20 08.10.2019. O'qildi: 11088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!