Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Guterrish lavozimini tark etadi. BMT bosh kotibi kim bo‘ladi?

Guterrish lavozimini tark etadi.  BMT bosh kotibi kim bo‘ladi?

Tramp BMT bosh kotibi lavozimiga hozirgi nomzodlarning birortasini ham qo‘llab-quvvatlamayapti

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati hozircha BMT bosh kotibi lavozimiga nomzodlarning hech birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor emas. Bu haqda Politico nashri AQSh hukumatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy tashkilot rahbarligiga radikal islohotlarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan shaxs kelishini istamoqda.

Vashingtonning pozisiyasi muhim ahamiyatga ega. Chunki AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida har qanday nomzodga veto qo‘yish huquqiga ega. BMT qoidalariga ko‘ra, nomzod Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan kamida to‘qqiztasining ovozini olishi va beshta doimiy a’zoning birortasi tomonidan rad etilmasligi kerak.

Hozircha norasmiy ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kosta-Rikaning sobiq vise-prezidenti Rebeka Grinspan yetakchilik qilmoqda. 7 oktyabr kuni o‘tkazilgan so‘nggi ovoz berishda u Xavfsizlik Kengashining to‘qqiz a’zosi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, olti a’zo esa unga qarshi ovoz bergan. Bu olti davlat orasida AQSh yoki veto huquqiga ega boshqa mamlakatlar bor-yo‘qligi hozircha ma’lum emas.

Avvalroq Trampning yaqin doirasida FIFA prezidenti Janni Infantino ehtimoliy nomzod sifatida tilga olingan edi. Biroq uning nomzodi hozirgacha rasman ilgari surilmagan.

BMT bosh kotibi lavozimi uchun navbatdagi norasmiy ovoz berish 16 oktyabrga belgilangan. Amaldagi bosh kotib Antoniu Guterrish 31 dekabr kuni o‘z lavozimini tark etadi. Uning vorisi esa 2027 yil 1 yanvardan o‘z vazifasini bajarishga kirishishi kerak.

Kiritildi: 14:44 11.10.2026. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!