Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gurlanda 40 sotix yer maydoni olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Gurlanda 40 sotix yer maydoni olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Gurlan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar R.U va O‘.M. o‘zaro til biriktirib, fuqaro J.ga omborxona binosi qurish uchun tuman hokimligi zaxirasidan 40 sotix yer maydoni ajratish masalasini 100 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, oldindan 25 000 AQSh dollari va 65 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:38 23.06.2022. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!