Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

A A A
Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

E-IJRO AUKSION elektron auksion savdo maydonchasida sud tomonidan xatlangan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘idagi noturar ko‘chmas mulk ob’ekti bog‘i ochiq auksionga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Umumiy maydoni 4,5 gektar bo‘lgan noturar ob’ektning boshlang‘ich bahosi 8 237 126 532 so‘mni tashkil etadi.

Ba’zi manbalarda ushbu yirik ob’ekt Gulnora Karimovaning jiyani Akbar Abdullayevga tegishli ekanligi aytiladi. Akbar Abdullayev bir necha yillar davomida Farg‘ona viloyatida joylashgan yirik sanoat inshootlarini nazorat qilib kelgani ma’lum. Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash va Quvasoy sement zavodlari ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yilgan davlat mulki ob’ektlari xususidagi yangiliklar www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali e’lon qilib borilmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 23:00 10.04.2019. O'qildi: 3889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik