Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Gulnora Karimovaga bosim o‘tkazilyaptimi? Qizi javob berdi

Gulnora Karimovaga bosim o‘tkazilyaptimi? Qizi javob berdi

1-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan Gulnora Karimovaga qizi Imon Karimova bilan joriy yil 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar uzoq muddatli uchrashuv berilgan.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga ko‘ra, uchrashuvdan so‘nggi fikr va taassurotlarini o‘rganish maqsadida Imon Karimova bilan suhbat o‘tkazilganda, u onasi Gulnora Karimovaning ayni paytda sog‘ligidan shikoyati yo‘qligini, zarur hollarda muassasa tibbiyot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida alohida e’tibor qaratilayotganligi, onasiga nisbatan O‘zbekiston hukumati tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini bildirdi.

G.Karimovaning jazoni ijro etish koloniyasidagi holati yuzasidan internetlarda nashr etilgan materiallar haqida Imon Karimovadan so‘ralganda, haqiqatdan ham Instagram’dagi «iman.k17» sahifasi unga tegishli ekanligi, ammo onasi bilan bog‘liq materiallar ushbu sahifaga boshqa shaxslar tomonidan tayyorlanishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 11:36 11.07.2019. O'qildi: 3482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!