Gulistonga Xitoydan 12 ta yangi avtobus olib kelindi.
Yangi ZHONG TONG rusumli shahar tipidagi avtobuslar eski Isuzu'lar o‘rniga aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, yana 8 ta shu modeldagi avtobusni xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Umumiy hisobda Gulistonda jamoat transportlari uchun 65 dona yangi avtobus xarid qilishi rejalashtirilgan.