Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Guliston shahri, “Yuksalish” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.P. fuqaro M.X.ga 3 000 AQSh dollarini 38,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.