Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Amerika qit’asini Meksika qit’asi deb nomlashni taklif qildi.
U bu bayonot bilan AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi deb nomlash niyatiga javoban chiqdi.
"Ko‘rinib turibdiki, Meksika ko‘rfazi BMT tomonidan tan olingan nom. Ammo qit’ani nega Meksika qit’asi deb atamasligimiz kerak? Chiroyli eshitilyapti, shunday emasmi?" - deya siyosatchilardan iqtibos keltiradi TASS.