Bu haqda The Insider nashri xabar bermoqda.
Nashrning afg‘onistonlik sobiq davlat xizmatchilariga tayanib yozishicha, Moskva tomonidan moliyalashtirilgani taxmin qilingan terroristik hujumlar va xalqaro koalisiya askarlariga hujumlar 2016 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan. “Tolibon”ga pul sobiq kontrabandachi Rahmatulla Aziziy boshchiligidagi kurerlar orqali yetkazilgan.
Rossiya razvedkasi Afg‘onistonda amerikalik askarlarni o‘ldirish uchun jangarilarga mukofot taklif qilgani haqida 2020 yilda The New York Times ham yozgan edi.