Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining ma’lum qilishicha, Zaporoje shahriga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni hozircha 13 kishini, jabrlanganlar soni 63 kishini tashkil etmoqda. Rossiya zarbasi natijasida Jami to‘rtta bino, 27 ta avtomobil va bir tramvay zarar ko‘rgan.
Bundan tashqari, Rossiya 8 yanvar kechasi Zaporojiya viloyatidagi Stepnogorsk shahrini ham o‘qqa tutdi, bu yerda ikki kishi halok bo‘ldi. 9 yanvar kuni Zaporoje viloyatida motam kuni deb e’lon qilindi.