Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Gruziyaning asosiy kurort shaharlari dovul ostida qoldi

Gruziyaning asosiy kurort shaharlari dovul ostida qoldi

Gruziyaning Qora dengiz sohillari dovul ostida qoldi. Asosiy dam olish hududlariga yoqqan jala tizzagacha yetadi, deb xabar beradi MIR 24. 

Batumi cho‘milish havzalari bo‘m-bo‘sh. Shahar markazi dengizga o‘xshab qolgan. Yo‘llar va uylarni kuchli jala sabab, suv bosgan. Batumiga yondosh Kobulettida ham talofatdan ko‘rilgan zarar hisoblab chiqilmoqda. Qutqaruv xizmati beto‘xtov ishlayapti.

“Telefonlarimiz bir daqiqa ham jim turmayapti. Turli tumanlardan qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rashmoqda. Turarjoylarni toshqindan tozalash zarur, qayerdadir kommunikatsiya ishdan chiqqan, yana bir joyda shu hodisa bilan bog‘liq boshqa muammo. Xullas, tezkor guruhlarimiz qisqa muddatlarda muammolarni hal qilishmoqda”, deydi Batumi shahar kommunal xizmati boshlig‘i Marika Gvianidze.

Tabiiy ofat Ajariyaning tog‘li tumanlarigacha borib yetdi. U yerni quyuq tuman va qor qoplagan. Ayrim yo‘llarda  transport harakati to‘xtatilgan.
 

 

Kiritildi: 16:01 03.11.2019. O'qildi: 2199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!