Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Gruziyada jinoiy guruhlar bilan aloqada gumonlangan 20 kishi qo‘lga olindi

A A A
Gruziyada jinoiy guruhlar bilan aloqada gumonlangan 20 kishi qo‘lga olindi

Gruziya Ichki ishlar vazirligi jinoiy guruhlar faoliyatida ishtirok etganlikda gumonlangan 20 nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda mahalliy OAV IIV vaziri o‘rinbosari Aleksandr Daraxvelidzega tayanib xabar berdi, deya ma’lum qiladi “Report” agentligi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yana 4 nafar shaxsga sirtdan ayblov e’lon qilingan.

Tergovga ko‘ra, ushbu shaxslar o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab fuqarolar o‘rtasidagi moliyaviy nizolarni hal qilishda aralashgan, shuningdek, Gruziya va Turkiyada «o‘g‘irlar o‘rtasida o‘yinlar» deb ataluvchi jinoiy uchrashuvlarni tashkil qilgan.

Gumondorlarga nisbatan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Kiritildi: 18:43 17.07.2025. O'qildi: 1984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!