Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

“Gruziya Xartiyasi” 17 muxolifat partiya va besh nafar mustaqil deputat tomonidan imzolandi

A A A
“Gruziya Xartiyasi” 17 muxolifat partiya va besh nafar mustaqil deputat tomonidan imzolandi

Prezident Salome Zurabishvili tomonidan ishlab chiqilgan “Gruziya Xartiyasi” 17 muxolifat partiya va besh nafar mustaqil deputat tomonidan imzolandi, deb yozmoqda Interfaks.

“Gruziya Xartiyasi”ni imzolaganlar orasida mamlakatning eng yirik muxolifat partiyasi – “Birlashgan milliy harakat” ham bor.

Hujjatda qayd etilishicha, uning ishtirokchilari joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng bir necha oy ichida muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazish majburiyatini oladilar. Zurabishvilining so‘zlariga ko‘ra, bu haqiqatda “erkin va adolatli” jarayon bo‘ladi.

Xartiyada Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lidagi harakatlariga zarar yetkazuvchi qonunlar, birinchi navbatda “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun bekor qilinishi nazarda tutilgan. Shuningdek, mamlakatda sud-huquq va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarni tubdan isloh qilish, Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini shakllantirish jarayonini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 03:00 04.06.2024. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!