Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Gruziya prezidenti 11 nafar mahkumni afv etdi

Gruziya prezidenti 11 nafar mahkumni afv etdi

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili 11 mahkumni afv etdi.

Bu haqda davlat rahbari ma’muriyatida ma’lum qilindi.

Afv etish to‘g‘risidagi akt 8 nafar shartli jazoni o‘tagan mahkumlarga taalluqli bo‘lib, ular jazodan butunlay ozod qilindi. Yana uch mahkumning qamoq jazosi muddati qisqartirildi.

Mahkumlarning qaysi jinoyatlari uchun sudlanganligi, shuningdek, ularning jinsi ko‘rsatilmagan.

Afv etish huquqi Gruziya prezidentining ixtiyoriy huquqidir. Qaror davlat rahbari huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya taqdimnomasi, shuningdek, mahkumning arizasi va sud hukmi asosida bevosita Prezident tomonidan qabul qilinadi.

Kiritildi: 17:20 11.11.2024. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!