Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Gruziya polisiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun zaharli modda bilan to‘ldirilgan suv purkagichlardan foydalandimi?

Gruziya polisiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun zaharli modda bilan to‘ldirilgan suv purkagichlardan foydalandimi?

Gruziya polisiyasi hujumatga qarshi namoyishchilarni tarqatish uchun Birinchi jahon urushi davrida ishlatilgan zaharli modda bilan to‘ldirilgan suv purkagichlardan foydalangan, deb xabar bermoqda BBC.

Gruziya polisiyasi namoyishchilarga qarshi “kamit” nomi bilan tanilgan brombenzilsianid kimyoviy moddasini qo‘llagan. BBC ushbu xulosaga namoyishchilarning ko‘rsatmalari, kimyoviy qurollar bo‘yicha ekspertlarning fikrlari, Gruziya IIV maxsus bo‘linmasidagi manbalari va shifokorlarning ma’lumotlarini o‘rganganidan so‘ng keldi.

Brombenzilsianid moddasi Birinchi jajon urushi davrida (1914-1918 yillar) Antanta davlatlari tomonidan G‘arbiy frontdagi janglar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, uzoq muddatli salbiy oqibatlarining xavfi tufayli 1930 yillardan keyin qo‘llanishdan olib tashlangan.

Gruziyaning bir qator shaharlarida, jumladan poytaxt Tbilisidagi norozilik namoyishlari 2024 yil noyabr oyi oxirida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi, mamlakatning Yevroittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatganini e’lon qilgach boshlangan. Namoyishchilar o‘zlariga qarshi suv purkagichlar qo‘llangandan keyin g‘ayrioddiy alomatlar, xususan, terining kuyishi, nafas qisishi, yo‘tal va haftalab davom etgan ko‘ngil aynishidan shikoyat qilishgan.

O‘zi ham suv purkagich ostida qolgan gruziyalik pediatr Konstantin Chaxunashvili taxminan 350 nafar jabrlanuvchini o‘rgandi va ularning deyarli yarmi nojo‘ya ta’sirlarni bir oydan ortiq vaqt davomida boshidan kechirganini aniqladi.

Gruziya IIV maxsus bo‘linmasining sobiq xodimi Lasha Shergelashvili BBC'ga 2009 yilda suv purkagichlar uchun kamit moddasi sinovdan o‘tkazilganini aytib bergan. BBC 2019 yil dekabr oyida maxsus bo‘linmaga oid inventar ro‘yxatini qo‘lga kiritib, unda UN1710 va UN3439 kodlari bilan belgilangan ikkita noma’lum kimyoviy modda borligini aniqladi. Tahlil natijasida UN1710 trixloroetilen, UN3439 esa brombenzilsianid bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan.

Kiritildi: 21:35 01.12.2025. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!