Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziya muxolifati saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi

 Gruziya muxolifati saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi

Gruziya muxolifat partiyalari yangi parlamentda ishlashdan bosh tortdi va agar rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, oldindan 54,2 foiz ovoz olgan “Gruziya orzusi” partiyasining g‘alabasi e’lon qilinsa, norozilik bildirishini e’lon qildi.

"Saylovlar muxolifatdan o‘g‘irlangan. Bu konstitusiyaviy to‘ntarish va hokimiyatni tortib olish", — dedi Gruziya Markaziy saylov komissiyasining birinchi ma’lumotlari e’lon qilinganidan so‘ng koalisiya yetakchilaridan biri Nika Gvaramiya. “Birlashgan Milliy Harakat” rahbari Tinatin Bokuchava ham hukmron partiyani “saylovlarni o‘g‘irlashda” aybladi. “Gaxariya — Gruziya uchun” va “Kuchli Gruziya” koalisiyasi ham dastlabki ovoz berish natijalarini tan olmadi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Gruziyada parlament saylovlarida 2 milliondan ortiq fuqaro qatnashgan, saylovchilarning 58,94 foizi ishtirok etgan. Mamlakat rasmiylari saylovning yakuniy natijalarini bugun e’lon qilishi kerak.

Kiritildi: 13:13 27.10.2024. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!