Gruziya huquq-tartibot idoralari xodimlari kecha 6 kishining uyida, hamda muxolif "Droa" va "Girchi" partiyalari idoralarida, "Jiutebiy" va "Birlashgan Milliy Harakat" idorasida tintuvlar o‘tkazdi.
Tintuv natijasida ushbu manzillardan shlemlar, protivogazlar, ko‘p miqdorda pirotexnika vositalari, turli elektron qurilmalar, kompyuter texnikasi, “Molotov kokteyllari”, bo‘yoqlar, ekspertiza o‘tkazish belgilangan har xil eritmalar topildi.
“Polisiya norozilik namoyishlarda zo‘ravonlik uyushtirgan 7 kishini qo‘lga qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Qonunda ushbu jinoyat uchun 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan”, - dedi kriminal polisiya direktori Teymuraz Kupatadze.