Gruziya 2028 yilgacha YEIga kirish bo‘yicha muzokaralarni, shuningdek, Ittifoqning barcha budjet grantlarini rad etadi, dedi respublika bosh vaziri Irakliy Kobaxidze.
Avvalroq Yevroparlament Gruziyadagi parlament saylovlari natijalarini tan olmaydigan rezolyusiyani qabul qilgan edi.
Yangi rezolyusiya Yevroparlament a’zolari tomonidan 28 noyabr, payshanba kuni ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi. Hujjat Gruziyadagi vaziyatga, xususan, saylovlarga tegishli.
Oktyabr oyi oxirida respublikada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida «Gruziya orzusi» partiyasi 53,9 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Siyosiy ittifoq 150 o‘rindan 89 tasini qo‘lga kiritdi.