"2030 yilga borib Gruziya Yevropa Ittifoqiga a’zolikka tayyor bo‘ladi, ammo biz YEI o‘z qarashlarini o‘zgartiradimi-yo‘qmi, bilmaymiz. Ular ikki xil standartlar bilan ish tutadi. Eng muhimi muloqot, ammo ular biz bilan muloqot qilmayapti. Yevroittifoq ba’zan Gruziya hukumatini tan oladi, ba’zan esa yo‘q. Bu mavhumlik", — dedi Mixail Kavelashvili.
Bir yil avval, muxolifat natijalarini tan olmagan parlament saylovlaridan ko‘p o‘tmay, Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar 2028 yil oxirigacha kun tartibidan olib tashlanganini e’lon qilgan edi. O‘sha kechaning o‘zida butun Gruziya bo‘ylab namoyishlari boshlandi va norozilik aksiyalari hozirgacha davom etmoqda.