Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlari Zaporojye atom elektr stansiyasi (ZAES) yaqinida janglar qayta boshlanganini qayd etdi.
Bu haqda agentlik bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qilgan.
"Zavodda hozir bo‘lgan MAGATE xodimlari so‘nggi kunlarda, ko‘pincha zavodga juda yaqin bo‘lgan harbiy harakatlar eshitilgani haqida xabar berishdi. Ayrim kunlarda MAGATE guruhi portlash va otishma ovozlarini taxminan 20 marta, ba’zan esa undan ham ko‘proq eshitgan", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik matbuot xizmati.