Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gresiyada muhojirlarni olib ketayotgan qayiq halokatga uchradi

Gresiyada muhojirlarni olib ketayotgan qayiq halokatga uchradi

Payshanba oqshomida Gresiyaning Xios orolida qayiq toshli qirg‘oqqa urilishi oqibatida ikki muhojir halok bo‘ldi.

Bu haqda Gresiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati voqea haqida ma’lum qildi.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyidan besh kishini qutqarib oldi, ulardan ikki nafari hushsiz holatda edi. Keyinchalik quruqlikda olib borilgan qidiruv natijasida yana 24 nafar muhojir qutqarildi ketdi.

Xios orolidagi kasalxonaga jami 12 kishi olib ketildi, ulardan ikki nafari ayol vafot etdi. Rasmiylar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 16:20 17.10.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!