Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Gresiyada halokatga uchragan qiruvchi samolyotning ikkala uchuvchisi ham halok bo‘ldi

Gresiyada halokatga uchragan qiruvchi samolyotning ikkala uchuvchisi ham halok bo‘ldi

Shanba kuni Afina yaqinidagi Tanagra aeroportida aviashou paytida Gresiyaning F-4 Phantom ikki o‘rindiqli qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda Reuters agentligi Gresiya havo kuchlari vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Gresiya teleradioeshittirish korporasiyasi (EPT) ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatga uchraganidan so‘ng darhol portlash sodir bo‘lgan. Voqea joyida bo‘lgan muxbirlar samolyot to‘satdan balandlikni yo‘qota boshlaganini va yerga qulaganini ta’kidladilar.

Afina yaqinidagi aviashouda halokatga uchragan qiruvchi samolyotining ikki uchuvchisi halok bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, uchuvchilarning jasadlari halokat joyida topilgan.

Kiritildi: 07:55 06.09.2026. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!