Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Gresiyada bortida 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot havoda yonib ketdi

Gresiyada bortida 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot havoda yonib ketdi

Philenews xabariga ko‘ra, Korfu orolidan atigi bir necha daqiqa oldin ko‘tarilgan Boeing 757-300 samolyotining dvigatelida yong‘in chiqqan.

Reysni Condor Airways aviakompaniyasi amalga oshirgan. O‘ng dvigatel taxminan 460 metr balandlikda ishdan chiqqan. Uchuvchilar uni o‘chirishga harakat qilgan, biroq parvozni bitta dvigatelda davom ettirishga qaror qilgan. Samolyot 2,4 kilometr balandlikda harakatlanib, Italiyaning Brindizi aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

Qo‘nishdan so‘ng yo‘lovchilar tunni mehmonxonada o‘tkazgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot mavjud emas.

Kiritildi: 13:45 18.08.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!