AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
— Biz Ispaniya bilan boshqa hech qanday savdo ishlarini olib borishni xohlamaymiz. Ispaniya — alyans bo‘yicha dahshatli hamkor;
— Grenlandiya Qo‘shma Shtatlar uchun juda muhim, ammo Daniya uchun u muhim emas;
— Aslida, biz Grenlandiyani olgan edik, keyin esa ahmoqlik qilib uni qaytarib berdik. Uni qaytarib bermasligimiz kerak edi;
— Eron rahbariyati haqida: Ular yolg‘onchi. Biz kelishuv tuzyapmiz. Hamma rozi: yadroviy qurol bo‘lmaydi. Keyin ular matbuotga chiqib, biz buni hatto muhokama ham qilmaganmiz, deyishadi. Ularda nimadir joyida emas. Ular telba;
— Menimcha, Xitoy biz bilan to‘g‘ri ish tutdi. U urushga aralashmadi. Eronga uskunalar yetkazib bermadi. Si Jinpin ajoyib edi. Men rais Sining ashaddiy muxlisiman;
— Menimcha, eronliklar layoqatsiz. Agar ular layoqatli bo‘lganida, kelishuvni hali 47 yil oldin tuzgan bo‘lishardi;
—NATO'ning deyarli barcha moliyalashtirilishini o‘zimiz to‘lagan vaqtlar bo‘lgan. Ko‘plab davlatlar umuman hech narsa to‘lamas edi.