AQSh ma’muriyati Grenlandiyani nazoratga olish, hatto bu yo‘lda harbiy kuch ishlatish imkonini ochiq qoldirmoqda. Bu esa NATO ichida jiddiy qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Grenlandiya Daniyaga qarashli yarim avtonom hudud bo‘lib, u yerda AQSh Daniya bilan kelishilgan holda faoliyat yuritadigan Pituffik kosmik bazasi joylashgan. AQSh ham, Daniya ham NATOning asoschi a’zolari hisoblanadi.
Mutaxassislar fikricha, Grenlandiya atrofidagi keskinlashuv Arktikada strategik raqobat kuchayib borayotgan bir paytda ittifoqdosh davlatlar o‘rtasida ishonchga putur yetkazishi mumkin. Bu esa NATO tarixida ilk bor a’zo davlatlar manfaatlari ochiq to‘qnash kelayotgan xavfli holat sifatida baholanmoqda.